Do'konlar tarmog'i
Har bir do'konning savdosi, qoldig'i va kassasi bir ekranda
Ixtisoslashgan do'konlar tarmog'i uchun: texnika, qurilish va elektr mollari, ehtiyot qismlar. Kassir chekni skanerda uradi, omborchi transferni qabul qiladi, rahbar esa tushum qaysi kassada, tovar qaysi javonda ekanini ko'radi.
Kimlar uchun
- Elektronika va maishiy texnika
- Qurilish va elektr mollari
- Avto ehtiyot qismlar
- Xavfsizlik va IT uskunalari
- Showroom va ombor savdosi
Mijoz
9 do'kon bitta tizimda
Toshkentdagi texnika va xavfsizlik uskunalari tarmog'i. Kassalar, markaziy ombor va markaziy kassa 2026-yil oktyabridan Davirix'da ishlaydi.
- do'kon va showroom
- 9
- do'kon va showroom
- markaziy ombor
- 1
- markaziy ombor
- tovar pozitsiyasi
- 8 800+
- tovar pozitsiyasi
- xodim tizimda ishlaydi
- ≈20
- xodim tizimda ishlaydi
Nimani hal qiladi
Bu yechim yo'qotadigan muammolar
Smena yopilganda kassa chiqmaydi
Smena ochilishi, har bir chek, chegirma va kassadan chiqim kassir nomi bilan yoziladi. Farq qaysi smenada va qaysi amaldan keyin paydo bo'lgani ko'rinadi.
Qaysi do'konda nima qolgani noma'lum
Har bir do'kon va markaziy ombor qoldig'i bir ro'yxatda. Do'kon so'rov yuboradi, ombor yig'ib jo'natadi, do'kon qabul qiladi.
Nasiya daftarda yuradi
Mijozga qarz limiti, to'lov jadvali, muddati o'tgan qarzlar ro'yxati. Limitni oshirish rahbar tasdig'idan o'tadi.
Chegirma hech kimga so'ralmay beriladi
Chegirma limiti do'kon va tovar bo'yicha qo'yiladi. Limitdan oshganini kassir o'zi o'tkaza olmaydi.
Jarayon
Boshidan oxirigacha bitta tizimda
- 1
Kirim
Tovar markaziy omborga keladi, tannarx hisoblanadi.
- 2
Transfer
Do'kon so'raydi, ombor yig'adi va jo'natadi, do'kon qabul qiladi.
- 3
Savdo
Skaner bilan chek, aralash to'lov, nasiya, dollar va so'm.
- 4
Qaytarish
Chek yoki seriya raqam bo'yicha topib qaytarish.
- 5
Smena
Naqd sanaladi, farq bo'lsa sababi bilan yoziladi.
- 6
Markaziy kassa
Do'konlar tushumi markazga topshiriladi va solishtiriladi.
AI agentlar
Bu sohada AI agentlar nima qiladi
Kassa farqi
Smena yopilganda farq chiqsa, nazoratchiga tekshiruv vazifasini smena va kassir ma'lumoti bilan beradi.
Do'konda tovar tugashi
Tez sotilayotgan tovar tugash arafasida bo'lsa, markaziy ombordan transfer vazifasini taklif qiladi.
Savdo va marja pasayishi
Filialda savdo yoki marja keskin tushsa, rahbarga ko'rib chiqish vazifasi ochadi.
Yopilmagan smena
Vaqtida yopilmagan smena va kechikkan vazifalarni mas'ulga eslatadi.
Nima olasiz
Birinchi kundan ishlaydi
Tarmog'ingizga moslab ulaymiz va sozlaymiz
- Onlayn-NKM yoki virtual kassa bilan fiskal chek
- Raqamli markirovka (Asl belgisi) talab qilinadigan tovarlar
- Payme, Click, Uzum va bank terminallari
- Bonus, keshbek va aksiya qoidalari
- Do'konlar soni, rollar, chegirma va qarz limitlari
- Eski dasturdan tovar, mijoz va qarzlarni ko'chirish
Yechim bo'yicha savollar
Fiskal chek qanday chiqadi?
Joriy etishda sizning onlayn-kassangiz yoki virtual kassangiz bilan ulanish sozlanadi. Qaysi yo'l qulayligini audit bosqichida birga tanlaymiz.
Bir nechta yuridik shaxsimiz bor.
Bir nechta yuridik shaxs va filial bitta tizimda yuritiladi, har biri bo'yicha alohida hisobot olinadi.
Sotuvchi boshqa do'konning savdosini ko'radimi?
Ko'rmaydi. Har bir xodim faqat o'z filiali va roli ruxsat bergan ma'lumotni ko'radi.
Kassa qaysi kompyuterda ishlaydi?
Windows yoki Linux'dagi desktop ilovada, oddiy USB skaner va chek printeri bilan. Ilova o'zi yangilanadi.
Keyingi qadam
Bu yechimni o'z ma'lumotlaringizda ko'ring
Sohangizdan olingan misolda ko'rsatamiz va sozlash hajmini baholaymiz.
- Slayd emas, jonli demo
- Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
- Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar
Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning