Qanday ishlaymiz
Avval biznesingizni o'rganamiz. Keyin texnologiyani moslashtiramiz.
Davirix tayyor dasturni majburan o'rnatmaydi. Biz kompaniyangizdagi real jarayonlarni audit qilamiz, muammolar va yo'qotishlarni aniqlaymiz, so'ng platformani biznesingizning ishlash modeliga moslashtiramiz.
- Bosqich 01
Dastlabki uchrashuv
Biznes egasi yoki rahbari bilan 30–45 daqiqalik uchrashuv o'tkazamiz.
- Kompaniya faoliyati va biznes modeli
- Asosiy muammolar
- Xodimlar va bo'limlar
- Hozir ishlatilayotgan dasturlar
- Rahbariyat kutayotgan natijalar
Natija: Audit doirasi va tekshiriladigan jarayonlar aniqlanadi.
- Bosqich 02
Biznes auditi
Davirix mutaxassislari biznesni ichkaridan o'rganadi.
- Rahbar va mas'ul xodimlar bilan suhbatlashamiz
- Sotuv, mijozlar, buyurtma, ombor va moliya jarayonlarini kuzatamiz
- Hujjatlar va mavjud tizimlarni tahlil qilamiz
- Qo'lda bajarilayotgan va takrorlanadigan ishlarni aniqlaymiz
- Yo'qotishlar, xatolar va nazorat qilinmayotgan nuqtalarni topamiz
Natija: Biznesning real holati — AS-IS xaritasi tayyorlanadi.
- Bosqich 03
Muammolar va imkoniyatlarni aniqlash
Topilgan muammolar biznesga ta'siri bo'yicha baholanadi va kritik, muhim hamda keyingi bosqich guruhlariga ajratiladi.
- Qayerda vaqt yo'qotilmoqda
- Qayerda pul va mijozlar yo'qotilmoqda
- Qaysi jarayon rahbar nazoratidan tashqarida
- Qaysi ishlarni avtomatlashtirish mumkin
- Qayerda AI agentlardan foydalanish foydali
Natija: Ustuvor vazifalar va o'lchanadigan KPIlar belgilanadi.
- Bosqich 04
Yangi ish modelini loyihalash
Biznes qanday ishlayotgani emas, kelajakda qanday ishlashi kerakligi loyihalanadi.
- TO-BE jarayonlar xaritasi
- Xodimlar roli va javobgarligi
- Tasdiqlash va nazorat bosqichlari
- Avtomatik workflow'lar
- Kerakli integratsiyalar
- Hisobot va analitika modeli
- AI agentlar bajaradigan vazifalar
Natija: Davirix asosida biznesning raqamli ishlash modeli yaratiladi.
- Bosqich 05
Yechim va joriy etish rejasi
Davirix platformasidan aynan qaysi modullar kerakligi aniqlanadi. Loyiha birdaniga to'liq emas, biznes uchun muhimligiga qarab bosqichlarga bo'linadi.
- CRM va sotuv
- Buyurtmalar
- Mahsulot va xizmatlar
- Ombor
- Procurement
- Moliya va to'lovlar
- HR va vazifalar
- Mijozlarga xizmat ko'rsatish
- Analitika
- AI agentlar
- Boshqa tizimlar bilan integratsiya
Natija: Loyiha arxitekturasi, muddat, narx va joriy etish Roadmap'i beriladi.
- Bosqich 06
Pilot jarayonni ishga tushirish
Avval eng muhim bitta bo'lim yoki jarayonda pilot boshlanadi.
- Yangi mijozni qabul qilishdan sotuvgacha
- Buyurtmadan yetkazib berishgacha
- Xariddan omborga kirimgacha
- Murojaatdan xizmat yakunigacha
Natija: Yechimning biznesga mosligi va amaliy samarasi tasdiqlanadi.
- Bosqich 07
Davirix platformasini moslashtirish
Tasdiqlangan model asosida platforma quriladi.
- Tashkilot strukturasi yaratiladi
- Foydalanuvchi, rol va ruxsatlar sozlanadi
- Biznes jarayonlar avtomatlashtiriladi
- Formalar va statuslar moslashtiriladi
- Integratsiyalar ulanadi
- Hisobotlar va dashboardlar yaratiladi
- AI agentlarga kerakli bilim va vakolatlar beriladi
Natija: Biznesning kundalik ishlashiga mos Davirix muhiti ishga tushadi.
- Bosqich 08
Xodimlarni o'qitish va joriy etish
Har bir xodimga faqat o'z vazifasiga kerakli qism o'rgatiladi.
- Rahbar uchun boshqaruv paneli
- Sotuvchilar uchun CRM
- Operatorlar uchun buyurtmalar
- Omborchilar uchun qoldiq va harakatlar
- Menejerlar uchun vazifa va nazorat
- Administrator uchun tizim boshqaruvi
Natija: Platforma faqat o'rnatilmaydi — real ish jarayoniga kiritiladi.
- Bosqich 09
Natijani o'lchash
Joriy etishdan oldingi va keyingi ko'rsatkichlar solishtiriladi.
- Buyurtmani qayta ishlash vaqti
- Savdo konversiyasi
- Yo'qotilgan murojaatlar
- Xodimlar unumdorligi
- Operatsion xatolar
- Ombor aniqligi
- Mijozga javob berish tezligi
- Rahbariyat nazorati
Natija: Avtomatlashtirish bergan real biznes samarasi ko'rsatiladi.
- Bosqich 10
Doimiy rivojlantirish
Biznes o'sgani sari Davirix ham kengaytiriladi.
- Yangi bo'limlar
- Yangi workflow'lar
- Qo'shimcha integratsiyalar
- Yangi AI agentlar
- Qo'shimcha analitika
- Filiallar va boshqa davlatlar uchun alohida konfiguratsiyalar
Natija: Bir martalik dastur emas, biznes bilan birga rivojlanadigan operatsion platforma.
Hamkorlik qanday tuziladi
Dastlabki uchrashuv bepul. Chuqur biznes auditi esa pullik — va agar Davirix'ni joriy etsangiz, audit narxi loyiha qiymatiga qo'shib hisoblanadi. Bu ataylab shunday: bizni oddiy dastur sotuvchisi emas, biznes transformatsiya hamkori qiladi.
Dastlabki uchrashuv
Bepul
Biznes auditi
Pullik
Loyihani boshlasangiz
Audit narxi loyihaga hisoblanadi
Suhbatdan boshlang
Rahbariyatingiz bilan o'ttiz daqiqa — Davirix sizga mos kelishini aytishimiz uchun yetarli. Mos kelmasa ham to'g'risini aytamiz.