Ishlab chiqarish
Xom ashyo qayerga sarflangani va mahsulot necha pulga tushgani aniq
Ishlab chiqarish korxonalari uchun. Xom ashyo xaridi, ombor, moliya va buxgalteriya tayyor holda keladi. Texnologik karta, ishlab chiqarish buyurtmasi va tannarx hisobi sizning sexingizdagi haqiqiy jarayon bo'yicha sozlanadi.
Kimlar uchun
- Qurilish materiallari
- Oziq-ovqat va ichimliklar
- Mebel
- To'qimachilik va tikuv
- Plastmassa va qadoq
- Metall konstruksiyalar
- 1Xom ashyo xaridiBuyurtma, import tannarxi, ta'minotchi qarzi.
- 2Xom ashyo omboriKirim, qoldiq, inventarizatsiya, rezerv.
- 3Texnologik kartaMahsulot tarkibi va sarf me'yorlari.
- 4Ishlab chiqarishXom ashyo chiqimi va tayyor mahsulot kirimi.
- 5TannarxMaterial, mehnat va qo'shimcha xarajat.
- 6Sotuv va moliyaTayyor mahsulot savdosi, qarzlar, buxgalteriya.
Nimani hal qiladi
Bu yechim yo'qotadigan muammolar
Xom ashyo sarfi me'yordan oshadi, lekin kim oshirgani noma'lum
Har bir chiqim hujjat bilan: qaysi buyurtmaga, qancha, kim chiqardi. Me'yordan oshgan sarf darhol ko'rinadi.
Tannarx oy oxirida taxminan hisoblanadi
Xom ashyo narxi, import xarajatlari va qo'shimcha xarajatlar hujjatlardan yig'iladi. Narx belgilashda haqiqiy raqamga tayanasiz.
Ombor, ta'minot va buxgalteriya alohida dasturda
Xariddan to'lovgacha va provodkagacha bitta tizim. Bir ma'lumotni uch marta kiritish to'xtaydi.
Jarayon
Boshidan oxirigacha bitta tizimda
- 1
Xom ashyo xaridi
Buyurtma, import tannarxi, ta'minotchi qarzi.
- 2
Xom ashyo ombori
Kirim, qoldiq, inventarizatsiya, rezerv.
- 3
Texnologik karta
Mahsulot tarkibi va sarf me'yorlari.
- 4
Ishlab chiqarish
Xom ashyo chiqimi va tayyor mahsulot kirimi.
- 5
Tannarx
Material, mehnat va qo'shimcha xarajat.
- 6
Sotuv va moliya
Tayyor mahsulot savdosi, qarzlar, buxgalteriya.
AI agentlar
Bu sohada AI agentlar nima qiladi
Xom ashyo kamayishi
Xom ashyo qoldig'i kamayganda ta'minot uchun vazifa taklif qiladi.
Ta'minotchiga to'lov
Muddati o'tgan ta'minotchi to'lovini ko'rsatib, moliyaga vazifa beradi.
Ish yuki
Kechikkan vazifalar ko'payib ketsa, ularni qayta taqsimlashni taklif qiladi.
Chuqur tahlil
Rahbar uchun xarajat, pul oqimi va qoldiq bo'yicha batafsil tahlil beradi.
Nima olasiz
Birinchi kundan ishlaydi
Korxonangiz jarayoniga moslab sozlaymiz
- Texnologik karta: mahsulot tarkibi, sarf me'yori, versiyalar
- Ishlab chiqarish buyurtmasi: xom ashyo chiqimi, tayyor mahsulot kirimi
- Tannarx kalkulyatsiyasi: material, mehnat, qo'shimcha xarajat
- Yarim tayyor mahsulot va chiqindi hisobi
- Sexlar, smenalar va ishbay haq
- Sifat nazorati bosqichlari
Yechimdagi modullar
Yechim bo'yicha savollar
Bizning ishlab chiqarishimiz o'ziga xos. Moslasharmikin?
Joriy etish auditdan boshlanadi: sexdagi haqiqiy jarayonni, me'yorlarni va hisob tartibini o'rganamiz. Texnologik karta va tannarx modeli shu asosda sozlanadi.
Qancha vaqtda ishga tushadi?
Muddat audit natijasida belgilanadi. Odatda avval xom ashyo ombori va ta'minot ishga tushadi, keyin ishlab chiqarish va tannarx qo'shiladi.
Eski hisobni (1C, Excel) birdaniga to'xtatamizmi?
Yo'q. O'tish davrida parallel ishlash mumkin. Qaysi sanadan Davirix asosiy tizim bo'lishini birga belgilaymiz.
Keyingi qadam
Bu yechimni o'z ma'lumotlaringizda ko'ring
Sohangizdan olingan misolda ko'rsatamiz va sozlash hajmini baholaymiz.
- Slayd emas, jonli demo
- Qamrov va muddatning taxminiy bahosi
- Hozirgi dasturingizdan o'tish bo'yicha javoblar
Yoki to'g'ridan-to'g'ri bog'laning